Maxfiylik siyosati
2026-yil noyabrdagi tahrir
Bu yerda Uykez platformasi (uykez.uz) qanday ma'lumotlarni olişi, ular nima uçun kerakligi, kimga berilişi va ularni qanday öçiriş mumkinligi sodda tilda yozilgan.
1. Ma'lumotlar uçun kim javob beradi
Uykez platformasini «NEBULA-LIL» MChJ yuritadi (STIR 311704826, reyestrdagi raqami 2622423), direktor — Muratova L. Manzil: Özbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand şahri, Amir Temur MFY, Amir Temur köçasi.
Ma'lumotlaringiz haqidagi har qanday savol böyiça [email protected] manziliga yozing.
2. Qanday ma'lumotlarni olamiz
Faqat özingiz bergan ma'lumotlarni va saytga taşrif haqidagi texnik ma'lumotlarni.
- Körsatişga ariza yoki e'lon böyiça savol: ism, telefon raqami, izoh (agar yozgan bölsangiz) va ariza qoldirilgan e'lon.
- Mulkdorning «Sotiş / ijara» arizasi: ism, telefon raqami, uy joylaşgan hudud yoki manzil, izoh.
- Telefon raqami orqali kiriş: telefon raqami; Telegram çat identifikatori va foydalanuvçi nomi — botimizni oçib, raqamni tasdiqlaganingizdan söng.
- Agar Telegram orqali botsiz kirsangiz: Telegram hisobingiz identifikatori, ism, foydalanuvçi nomi va profil surati manzili — tasdiqlaganingizdan söng Telegram saytga beradigan ma'lumotlar. Bunday kirişda Telegram telefon raqamingizni bizga bildirmaydi.
- Agar elektron poçta orqali kirsangiz: poçta manzili.
- Agar Google yoki Apple orqali kirsangiz: şu xizmatdagi hisobingiz identifikatori, elektron poçta manzili (Apple'da bu yaşirin yönaltiruvçi manzil bölişi mumkin) va xizmat bergan bölsa — ism. Bu xizmatlardagi parolingizni olmaymiz.
- Har qanday kiriş usulida: ma'lumotlarni qayta işlaşga rozilik belgisi, u berilgan vaqt va qaysi usullar bilan kirganingiz.
- Saralanganlar va saqlangan qidiruvlar — agar saytga kirgan bölsangiz.
- E'lon, suratlar, reja va 360° tur — agar siz mulkdor yoki agent bölib, obyekt joylaştirsangiz.
- Texnik ma'lumotlar: seans va tanlangan til cookie-fayllari; IP-manzil, qurilma va brauzer turi; oçgan sahifalaringiz va ulardagi harakatlar; Yandeks Metrika va Meta Pixel statistika tizimlarining identifikatorlari.
- Ötiş manbai belgilari: qaysi saytdan yoki qaysi reklama havolasi orqali kelganingiz (utm-belgilar, manba sahifa manzili).
Pasport ma'lumotlari va bank kartasi ma'lumotlarini söramaymiz va saqlamaymiz.
3. Ular nima uçun kerak
- Ariza böyiça siz bilan boğlaniş va körsatiş vaqtini kelişiş.
- Sizni saytga kiritiş hamda saralanganlar va saqlangan qidiruvlaringizni barça qurilmalarda saqlaş.
- Özingiz yoqqan xabarnomalarni Telegramga yuboriş: saqlangan qidiruv böyiça yangi e'lonlar, obyektingiz böyiça arizalar haqida.
- Taşrif buyuruvçilar saytdan qanday foydalanişi va qayerdan kelişi haqida tasavvurga ega böliş — saytni yaxşilaş va reklamani baholaş uçun.
- Sayt va hisoblarni suiiste'moldan himoya qiliş.
Roziligingizsiz qönğiroq qilmaymiz va reklama xabarlarini yubormaymiz.
Qayta işlaş asosi — ariza şaklida va kirişda bergan roziligingiz.
4. Ma'lumotlarni kimga beramiz
- Obyekt mulkdoriga yoki e'lonni yuritayotgan agentga — faqat şu obyekt böyiça ariza qoldirgan bölsangiz: körsatişni kelişiş uçun ismingiz, telefon raqamingiz va izohingiz.
- Saytning işlaşi uçun zarur pudratçilarga: xosting va fayllar omborini taqdim etuvçiga; Telegramga — kiriş kodlari va xabarnomalarni yetkaziş uçun.
- Siz kiradigan yoki kiriş kodini oladigan xizmatga — agar şunday usulni tanlagan bölsangiz: Telegram, WhatsApp, poçta xizmati, Google yoki Apple. Ular faqat kiriş uçun kerak bölgan ma'lumotni oladi: kod yuboriladigan telefon raqami yoki poçta manzili.
- Statistika xizmatlariga: Yandeks Metrika va Meta Pixel 2-bölimda aytilgan taşrif haqidagi texnik ma'lumotlarni oladi.
- Davlat organlariga — qonun talab qilgan hollarda.
Ma'lumotlarni sotmaymiz va boşqalarning reklamasi uçun bermaymiz.
Telegram, WhatsApp, Google, Apple, Meta va Yandeks — xorijiy xizmatlar: ular olgan ma'lumotlar öz qoidalari böyiça qayta işlanadi.
5. Ma'lumotlarni qança vaqt saqlaymiz
- Arizalar — saqlaş muddati qayta işlaş maqsadlari va Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablari bilan belgilanadi.
- Hisob, saralanganlar va saqlangan qidiruvlar — saytdan foydalanib turgan vaqtingizda; iltimosingizga köra ularni oldinroq öçiriş mumkin (7-bölim).
- Kiriş kodlari — kiriş uçun kerak bölgan vaqtdan ortiq emas; kodning özini saqlamaymiz, faqat uning nazorat yiğindisini.
- Kiriş seansi — taşrifsiz yetti kungaça; şundan söng qayta kiriş kerak.
- Statistika ma'lumotlari — statistika xizmatlari belgilagan muddatlarda.
7. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda:
- bizda qanday ma'lumotlaringiz borligini biliş;
- ularni tuzatişni söraş;
- ularni va hisobingizni öçirişni söraş;
- qayta işlaşga bergan roziligingizni qaytarib oliş mumkin.
Buning uçun sizni taniy olişimiz mumkin bölgan raqam yoki manzildan [email protected] ga yozing. Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan muddatda javob beramiz.
Huquqlarim buzilgan deb hisoblasangiz, şaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qiliş böyiça vakolatli davlat organiga murojaat qilişga haqlisiz.
8. Ma'lumotlarni qanday himoya qilamiz
- Sayt himoyalangan ulaniş (HTTPS) orqali işlaydi.
- Kiriş kodlari bir martalik va bir neça daqiqa amal qiladi.
- Agentlarning parollari şifrlangan holda saqlanadi — ularni hatto biz ham öqiy olmaymiz.
- Arizalarni faqat iş uçun zarur bölgan xodimlar hamda şu obyektning mulkdori yoki agenti köra oladi.
Heç bir himoya usuli töliq kafolat bermaydi. Ma'lumotlaringiz sizib çiqqanini bilsak, bu haqda sizga xabar beramiz.
9. Voyaga yetmaganlar
Sayt voyaga yetganlar uçun möljallangan.
10. Özgarişlar
Bu siyosatni özgartirsak, yangi tahrir şu sahifada yangi sana bilan paydo böladi. Muhim özgarişlar haqida saytda xabar beramiz.